O‘rmon yong‘inlaridan nafas olish astmani qo‘zg‘atadi

  • 11:58 / 12.08.2019
  • 105

O‘rmon yong‘inlari tutunidan qisqa muddatli nafas olish saraton yoki yurak-qon tomir kasalliklarini avj oldirmaydi, lekin astma kasalligini qo‘zg‘atib, shilliq bezlariga zarar yetkazishi mumkin. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti departamenti eksperti Andre Ilbavi shu haqda ma'lum qildi.

“O‘rmon yong‘inlaridan hosil bo‘lgan tutundan nafas olish sohasi kam o‘rganilgan, lekin bunga hozirda ehtiyoj bor”, - dedi u. Tashkilot ma'lumotiga qaraganda, o‘rmon yong‘inlari tutuni tarkibidagi zarralarning nafas yo‘llari va shilliq qatlamga ta'siri tufayli astma vujudga kelib rivojlanishi uchun qulay muhit hosil bo‘ladi.