O‘z o‘lchamlari bilan dunyoni hayratda qoldirgan 12 kishi

  • 23:47 / 08.09.2019
  • 2842

Shunday odamlar borki, genetika yoki sog‘lig‘idagi muammolari tufayli ularning bo‘yi standart balandlikdan yuqori o‘sib ketadi. Bunday insonlarning ba'zilari bo‘yini o‘zining foydasiga hal qilishadi. Ba'zilari basketbol yoki voleybol o‘yinlarida mahoratini ko‘rsatishsa, ayrimlari sog‘lig‘idagi muammolar tufayli sport bilan shug‘ullanishdan cheklanadi.

Ammo ularning barchasi diqqatni jalb qiladi. Axir, har doim ham 2 metrdan baland odamni ko‘ravermaymiz-ku!

1. Olivye Rixters: 2.18 m.

Gollandiyaliklar o‘zi baland bo‘yli xalq, ammo bu yigit o‘rtacha darajadan yuqori. Olivye Rixters, 29 yoshli bodibilder. Uning og‘irligi 190 kg, bo‘yi esa 2,18 m.

2. Amazon Iv: 2.01 m.

Uning haqiqiy ismi Erik Ervin va u amerikalik model, fitness bo‘yicha o‘qituvchi hamda aktrisadir. Hozirgi kunda Ervin ko‘plab odamlarga sog‘lom turmush tarziga amal qilishda namuna ko‘rsatmoqda.

3. Brok Braun: 2.33 m.

Brok Braun bugungi kunda dunyodagi eng baland o‘spirinlardan biri hisoblanadi. U Sotos sindromi deb nomlangan noyob irsiy kasallik tufayli 2.33 metrlik bo‘yga erishgan.

4. Margo Didek: 2.18 m.

Polshalik Malgorjata Didek dunyodagi eng baland bo‘yli basketbolchi ayoldir. U bunday bo‘yga har biri olti futdan keladigan ota-onasi tufayli erishgan.

5. Robert Uodlou: 2.72 m.

Quyidagi fotosuratda siz Robertni otasi yonida ko‘rishingiz mumkin. U insoniyat tarixida 2,72 metrgacha cho‘zilgan yagona shaxsdir. Bunga o‘sish gormonini juda yuqori darajada ishlab chiqaradigan giperplaziya sabab bo‘lgan. Robertning vazni 199 kg.

6. Leonid Stadnik: 2,57 m.

Stadnik 13 yoshida boshdan kechirgan miya operatsiyasidan keyin o‘sishni boshladi. Undagi o‘simta o‘sish gormonlarining sekretsiyasini kuchaytirdi. U o‘z bo‘yiga oddiy hol sifatida qarab, hech qachon “Ginnes” kitobiga kirishni niyat qilmagandi. Shunday bo‘lsa-da u Ukrainaning Rekordlar kitobida qayd etilgan.

7. Denis Tsiplenkov: bilagi 23,5 sm.

Bu odamning bilag 23,5 santimetrni tashkil qialdi. U dunyodagi eng katta qo‘llarga egalik qiladi. Shuning uchun ham "ukrainalik halk" laqabi bilan tanilgan. Denis Tsiplenkov armrestling bo‘yicha jahon chempioni hamdir.

8. Sulton Kosen: 2,51 m.

Turkiyalik 36 yoshli Sulton Kosen tarixdagi eng baland odamlardan biri sifatida tanilgan. Uning oyoqlari uzunligi 1,26 metrni tashkil qiladi. U Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, 2,51 metr bo‘y bilan yashaydigan dunyodagi eng baland odamdir.

9. Brahim Takiulla: 2.46 m.

Brahim Takiulla - dunyoning eng baland oyoqlari uchun Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan marokashlik. Chap oyog‘ining uzunligi- 38,1 sm, o‘ng oyog‘ining uzunligi - 37,5 sm. U rasman dunyodagi ikkinchi eng baland odamdir.

10. Karolin Uells: 2,06 m.

Karolin Germaniyadagi eng baland ayol hisoblanadi. U bunga qadar modellik bilan ham shug‘ullangan. 32 yoshda, vazni 117 kg.

11. Ekaterina Gamova: 2,06 m.

Ekaterina Gamova - Rossiyaning sobiq voleybolchisi. U dunyodagi eng baland sportchilardan biri.

12. Ekaterina Lizina: 2,06 m.

Ketrin ayollar o‘rtasidagi dunyodagi eng uzun oyoqlarning egasi. U shuningdek, Rossiyaning basketbol o‘yinchisi bo‘lgan va 2008-yilgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan. O‘shanda uning jamoasi bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.

Bunday insonlarni haqiqiy gigantlar desa bo‘ladi. Siz ham bu kabi baland bo‘yli odamlarni ilgari hech uchratganmisiz?

Teglar