O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Donald Trampdan maktub oldi

  • 21:08 / 10.06.2020
  • 1073

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Donald Trampdan maktub oldi.
Donald Tramp maktubda joriy yil 1-may kuni sodir bo‘lgan “Sardoba” fojiasi jabrdiydalariga hamdardlik bildirib, “suv ostida qolgan uylar, ko‘chirilgan aholi, vayron bo‘lgan yo‘llar va fermer xo‘jaliklari tasvirlarini ko‘rish qalbni larzaga soladi”, deydi.
 
“Shaxsiy eʼtibor va tezkor choralar ko‘rish orqali Siz liderlik xususiyatlarni namoyish etdingiz. Davlat departamenti va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ham ushbu fojiaga javoban darhol chora ko‘rdilar va ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan saʼy-harakatlarimiz uchun mablag‘ ajratdilar.
 
Amerika Qo‘shma Shtatlari ushbu mushkul paytda O‘zbekiston va uning xalqiga yelkadoshdir”, deydi AQSh prezidenti Donald Tramp maktubida.
 
Shuningdek, u maktubda koronavirusga qarshi kurashda birgalikda ish olib borarish, ushbu mudhish pandemiyaga qarshi chora-tadbirlar uchun yordam bo‘yicha O‘zbekiston tomonining so‘rovini tez fursatlarda ko‘rib chiqilishini taʼminlash uchun maʼmuriyatga ko‘rsatma berganligini bildirdi.