O‘zbekiston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovni Yangi yil bilan tabrikladi  

  • 16:24 / 30.12.2019
  • 276

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. 

Suhbat davomida davlat rahbarlari Toshkent shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi yakunlarini yuksak baholadi. 

Shuningdek, O‘zbekiston – Qirg‘iziston hamkorligining istiqbollari hamda 2020-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
“Ta’kidlash joiz, 2019-yil mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi. 

O‘zaro aloqalar jadallashdi, savdo ko‘rsatkichlari ikki barobar o‘sdi, sanoat va transport sohalarida kooperatsiya loyihalari ilgari surilmoqda, hududlar o‘rtasidagi va madaniy-gumanitar hamkorlik kengayib bormoqda”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Birinchi Prezidentini ham yangi yil bilan tabriklagan edi