O‘zbekiston jamoasi boks bo‘yicha jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

  • 17:40 / 09.09.2019
  • 72

9-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Musobaqaning birinchi kun dasturida O‘zbekiston terma jamoasi vakili Fanat Qahramonov bahslarga kirishdi.

-75 kilogramm vazn toifasida mo‘g‘ilistonlik Davanyam Davasurenga qarshi bahs olib borgan Fanat Qahramonov uch raundlik jang yakunida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi - 5:0.

Endi Qahramonov ikkinchi bosqichni 14-sentyabr kuni avstraliyalik Adrian Kammaranoga qarshi o‘tkazadi.

10-sentyabr kuni o‘zbekistonlik boshqa sportchilar ham o‘z ishtiroklarini boshlashadi. Terma jamoaning qolgan vakillari quyidagi raqiblarga qarshi ringga chiqishadi:

-52 kg: Shahobiddin Zoyirov – Gulijanov (Turkmaniston)
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – De Andrade (Braziliya) / Ivanov (Pol'sha)
-63 kg: Elnur Abdurayimov – Bin Baziz (Jazoir)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Arregui (Argentina) / Mikkalef (Chernogoriya)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Narmandax Shinebayar (Mo‘g‘uliston)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Xulio Blanko (Kolumbiya) / Teysheyra Da Sil'va (Braziliya)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Rogava (Ukraina) / Ramazon Purdelavar (Eron).

Turnir 21-sentyabrga qadar davom etadi. Turnirda jahonning 91 mamlakatidan jami 488 nafar sportchi ishtirok etmoqda.