O‘zbekiston koronavirusga qarshi foydalanish uchun 30 ga yaqin preparatini Xitoyga yuborgan

  • 16:33 / 15.06.2020
  • 421

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi “Rutan” preparatining ijobiy taʼsiri kuzatilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
 
Bugun, 15-iyun kuni AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda bu borada ayrim maʼlumotlar aytib o‘tildi.
 
Nurmat Otabekovga ko‘ra, koronavirusga qarshi foydalanish uchun 30 ga yaqin preparat Xitoyning Shanxay shahriga sinovdan o‘tkazish uchun yuborilgan.
 
– Respublika Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti olimlari tomonidan yaratilgan grippga qarshi “Rutan” dori vositasi Xitoy olimlari tomonidan o‘tkazilgan sinovlar natijasida SARS CoV-2 tipidagi gripp virusini 78,3 foizga taʼsirini susaytirish xususiyatini namoyon qilgan, - dedi Nurmat Otabekov.