O‘zbekiston sobiq futbolchisi Qozog‘iston klubini boshqaradi

  • 16:51 / 14.01.2020
  • 253

«Актобе» после вылета из КПЛ официально подписал контракт с новым главным тренером

O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq futbolchisi Vladimir Maminov Qozog‘iston klubida ish boshladi. Bu haqda Sports.kz nashri xabar bermoqda.

Xabarda yozishicha, Moskvaning “Lokomotiv” klubi sobiq futbolchisi va murabbiyi Qozog‘istonning “Aktobe” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Mazkur klub 2019-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston Premer-ligasini tark etib, yangi mavsumda quyi ligada o‘ynadi. 45 yoshli rossiyalik mutaxassis oldiga jamoani yana Premer-ligaga qaytarish vazifasi qo‘yilgan. Hozirda shartnoma shartlari ma’lum qilinmayapti.


Ma’lumot uchun, 2001 – 2005-yillar davomida milliy jamoamiz sharafini himoya qilgan Vladimir Maminovning so‘nggi ish joyi Rossiyaning ‘‘Tyumen” klubi bo‘lgandi.