O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida GES qurishni muhokama qildi

  • 16:06 / 28.01.2020
  • 602

28-yanvar kuni Toshkentga Tojikiston delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Tojikiston hududidagi Zarafshon daryosi bo‘yida gidroelektrostansiya bunyod etish masalasini muhokama qilindi. Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” axborot xizmati Xabardor.uz’ga ma’lum qildi.

Loyihaning dastlabki qiymati taxminiy miqdori 282 mln. dollarini tashkil qiladi. Loyiha yakuniy iqtisodiy asosi tasdiqlansa, qurilish ishlari 2020-yil iyun oyida boshlanadi. Yavan GESning yillik elektr energiyasini ishlab chiqarishi 140 MVt ga teng.

Tojikiston delegatsiyasining tashrifi 28-29 yanvar kunlari davom etadi.