O‘zbekiston xalq artisti Tohir Miraliyev olamdan o‘tdi

  • 08:02 / 05.12.2019
  • 1154

Ko‘pgina rollari bilan xalqimiz qalbidan joy olgan aktyor O‘zbekiston xalq artisti Tohir Miraliyev olamdan o‘tdi. 

Bu haqida "O‘zbekkino” Milliy agentligining axborot xizmati ma’lum qildi.

Tohir Miraliyev "Tilla buva" (2011), "Uchar otlar" (2011), "Qovun" (2012), "Jasur" (2011), "Arosat" (2009), "Chavandoz" (2007), "Armon" (1987) kabi ko‘plab filmlarda rol ijro etgan.