O‘zbekiston ikki davlatga insonparvarlik yordamini yubordi 

  • 20:10 / 01.04.2020
  • 584

Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanidagi temiryoʻl stansiyasidan  Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yuborildi.

Ushbu yordam yuki ming tonna un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda foydalaniladigan bir martalik bosh kiyimli himoya kombinzoni, respirator, qoʻlqop, himoya koʻzoynagi, pirometr hamda test-sistemalaridan iborat.

Insonparvarlik yordami Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi “Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati hamda mamlakatdagi farmatsevtika korxonalari hamkorligida amalga  oshirilgan.

Huddi shunday insonparvarlik yordami Afg‘oniston Islom Respublikasiga ham yuborildi.

Ma'lum qilinishicha, tibbiy niqoblar, himoya kombinezonlari, kasallikni aniqlashga yordam beradigan teplovizor, pirometrlar, un, yog‘, guruch, xo‘jalik sovuni, shuningdek, afg‘on bolalari uchun kiyim-kechak mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yuki Angren-Toshkent-Termiz-Mozori-Sharif yo‘nalishi bo‘ylab jo‘nab ketgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yuborilganligi haqida xabar bergan edik