O‘zbekistonda BAAning "Masdar" kompaniyasi quyosh elektr stansiyasi qurishni boshlaydi

  • 17:39 / 14.01.2020
  • 114

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga oliy darajadagi tashriflar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

BAA bilan qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 24 – 26-mart kunlari BAAga oshirgan rasmiy tashriflarida ikki tomonlama hamkorlikka erishilgan.

Tashriflar yakunida hukumatlararo va idoralararo salmoqli hujjatlar to‘plami, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsion bitimlar imzolangan. Xususan, BAA bilan umumiy qiymati 10 mlrd. dollardan ortiq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Jumladan, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, neft-gaz, kimyo va neft-kimyo, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, turizm va boshqa sohalarda qator loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.


O‘zbekiston tarixida ilk bor ochiq tender o‘tkazildi

Yig‘ilishda BAA kompaniyalari bilan erishilgan kelishuvlar bugun o‘z natijasini berayotgani ta’kidlandi. Masalan, “Masdar” kompaniyasi O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyasi qurilishiga 100 mln. dollar sarmoya kiritmoqda.

Ma’lumot uchun, 2019-yil oktabr oyida quyosh energetikasida davlat-xususiy sheriklikka investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilgan ochiq tenderda ushbu kompaniya g‘olib deb topilgan. Qurilish ishlari 2020-yilning birinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.