O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 500 ga yaqinlashdi

  • 18:10 / 23.04.2020
  • 288

Bugun, 23-aprel kuni Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 2 nafar, Surxondaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 1 nafar, Buxoro viloyatida esa yana 6 nafar, jami 9 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular mas’ullar ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 1 nafari (ayol) 54 yoshda, Toshkent shahridan. Yana bir nafari (erkak) esa Toshkent viloyatidan, 25 yoshda. Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan.  

Surxondaryoda tuzalgan bemor (erkak) esa 31 yoshda bo‘lib, Sirdaryo viloyatidan. U joriy yil 27-mart kuni charter reys bilan Rossiyadan Termiz shahriga kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. 

Shuningdek, Buxoro viloyatida sog‘ayganlarning 3 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Namangan viloyatidan bo‘lsa, 1 nafari Buxoro viloyatidan. Ularning yoshi kattasi 62 yoshda, eng yoshi kichigi esa 21 yoshda. 

Ayni payt O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 495 nafarni tashkil etmoqda