O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 2964 kishiga yetdi

  • 16:54 / 21.05.2020
  • 219

Bugun, 21-may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 14 nafarga oshib, 2964 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 21-may 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2950 nafarni tashkil qilgandi.

Hozirga qadar bemorlarning 2407 nafari sog‘aydi, 13 nafari vafot etdi.