O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 3028 kishiga yetdi

  • 16:58 / 22.05.2020
  • 308

Bugun, 22-may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 22 nafarga oshib, 3028 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 22-may 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3006 nafarni tashkil qilgandi.

Hozirga qadar bemorlarning 2463 nafari sog‘aydi, 13 nafari vafot etdi.