O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 3089 kishiga yetdi

  • 19:31 / 23.05.2020
  • 392

Bugun, 23-may kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 53 nafarga oshib, 3089 kishini tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun kasalligi tasdiqlangan 53 kishining 44 nafari xorijdan kelgan, 9 nafari aholi orasidan aniqlangan. Jumladan, Samarqand viloyatida 7 ta, Toshkent shahrida 2 ta yangi holat qayd etilgan.

Shuningdek, bugun Toshkent shahrida 33 nafar bemor sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 2525 kishiga yetdi. Ayni paytda O‘zbekistonda 551 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahridagi “O‘rikzor” savdo majmuasida sotuvchisida koronavirus aniqlangani sababli bozor faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani va bemor bilan muloqotda bo‘lgan barcha shaxslar karantinga olingani haqida xabar berilgandi.