O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 3189 kishiga yetdi

  • 18:20 / 25.05.2020
  • 249

Bugun, 25-may kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 25 nafarga oshib, 3189 kishini tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 ta, Toshkent viloyatida 6 ta, Samarqand viloyatida 5 ta, Toshkent shahrida 1 ta yangi holat qayd etilgan. Qolgan 7 ta holat Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar, Samarqand viloyatida 17 nafar, Toshkent shahrida 21 nafar bemor sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 2607 kishiga yetdi. Ayni paytda O‘zbekistonda 569 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahridagi “Ipoteka bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus aniqlangani va bemor bilan muloqotda bo‘lgan barcha shaxslar karantinga olingani haqida xabar berilgandi.