O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 3281 kishiga yetdi

  • 18:24 / 26.05.2020
  • 201

Bugun, 26-may kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 66 nafarga oshib, 3281 kishini tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun kasalligi tasdiqlangan 66 kishining 50 nafari xorijdan kelgan, 15 nafari karantin markazidagilar, 1 nafari esa aholi orasidan aniqlangan.

Shuningdek, bugun Andijon viloyatida 2 nafar, Toshkent shahrida 15 nafar bemor sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 2624 kishiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25-may kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 3215 kishini tashkil qilgandi.