O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 3355 kishiga yetdi

  • 18:06 / 27.05.2020
  • 344

Bugun, 27-may kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 65 nafarga oshib, 3355 kishini tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytga qadar COVID-19 bilan kasallanish holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

–  Navoiy viloyatida 31 ta;
–  Toshkent viloyatida 10 ta;
–  Toshkent shahrida 9 ta;
–  Namangan viloyatida 2 ta yangi holat.

Kasalligi tasdiqlangan bemorlarning 13 nafari karantin markazidagilar orasidan aniqlangan.

Shuningdek, bugun Toshkent shahrida 21 nafar, Navoiy viloyatida 2 nafar bemor sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 2659 kishiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26-may kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 3290 kishini tashkil qilgandi.