O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 3400 kishidan oshdi

  • 17:57 / 28.05.2020
  • 228

Bugun, 28-may kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 68 nafarga oshib, 3437 kishini tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytga qadar COVID-19 bilan kasallanish holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

–  Toshkent shahrida 16 ta;
–  Toshkent viloyatida 1 ta;
–  Samarqand viloyatida 1 ta yangi holat.

Shuningdek, karantin markazidagi 48 nafar fuqaroda va 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 17 nafar bemor sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 2685 kishiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27-may kuni soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 3369 kishini tashkil qilgandi.