O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 3468 kishiga yetdi

  • 18:37 / 29.05.2020
  • 359

Bugun, 29-may kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 24 nafarga oshib, 3468 kishini tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytga qadar COVID-19 bilan kasallanish holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

–  Toshkent shahrida 6 ta;

–  Sirdaryo viloyatida 2 ta;

–  Toshkent viloyatida 1 ta yangi holat.

Shuningdek, karantin markazidagi 15 nafar fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 22 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar bemor sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 2723 kishiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28-may kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 3444 kishini tashkil qilgandi.