O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 3673 kishiga yetdi

  • 17:58 / 01.06.2020
  • 168

Bugun, 1-iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 50 nafarga oshib, 3673 kishini tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytga qadar COVID-19 bilan kasallanish holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

–  Toshkent shahrida 17 ta;

– Sirdaryo viloyatida 3 ta;

– Toshkent viloyatida 1 ta;  

– Namangan viloyatida 1 ta yangi holat.

Shuningdek, karantin markazidagi 24 nafar fuqaroda va 4 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan

Shu bilan birga, bugun Samarqand viloyatida 11 nafar, Toshkent shahrida 10 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar bemor sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 2859 kishiga yetdi.

Kecha, 31-may kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 3623 kishini tashkil qilgandi.