O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 4591 kishiga yetdi

  • 18:18 / 10.06.2020
  • 898

Bugun, 10-iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 71 nafarga oshib, 4591 kishini tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytga qadar COVID-19 bilan kasallanish holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

– Toshkent shahrida 7 ta;

– Toshkent viloyatida 4 ta;

– Sirdaryo viloyatida 3 ta;

– Samarqand viloyatida 2 ta;

– Qashqadaryo viloyatida 1 ta; 

– Xorazm viloyatida 1 ta yangi holat.

Shuningdek, karantin markazidagi 41 nafar fuqaroda va 12 nafar xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan

Ayni paytga qadar mamlakatda 3504 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan bo‘lib, 1069 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Kecha, 9-iyun kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 4520 kishini tashkil qilgandi.