O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 4717 kishiga yetdi

  • 18:14 / 11.06.2020
  • 411

Bugun, 11-iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 94 nafarga oshib, 4717 kishini tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytga qadar COVID-19 bilan kasallanish holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

– Navoiy viloyatida 18 ta;

– Toshkent shahrida 7 ta;

– Toshkent viloyatida 3 ta;

– Namangan viloyatida 3 ta;

– Sirdaryo viloyatida 3 ta yangi holat.

Shuningdek, karantin markazidagi 30 nafar fuqaroda, 2 nafar xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida va Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida faoliyat yurituvchi xorijiy kompaniyaning 28 nafar ishchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan

Ayni paytga qadar mamlakatda 3611 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan bo‘lib, 1087 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Kecha, 10-iyun kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 4623 kishini tashkil qilgandi.