O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 4837 kishiga yetdi

  • 17:52 / 12.06.2020
  • 340

Bugun, 12-iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 96 nafarga oshib, 4837 kishini tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytga qadar COVID-19 bilan kasallanish holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

– Toshkent shahrida 16 ta;

– Sirdaryo viloyatida 5 ta;

– Buxoro viloyatida 5 ta;

– Samarqand viloyatida 2 ta yangi holat.

Shuningdek, karantin markazidagi 66 nafar fuqaroda va 2 nafar xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan

Ayni paytga qadar mamlakatda 3700 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan bo‘lib, 1118 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Kecha, 11-iyun kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 4741 kishini tashkil qilgandi.