O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 5154 kishiga yetdi

  • 18:04 / 15.06.2020
  • 328

Bugun, 15-iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 74 nafarga oshib, 5154 kishini tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytga qadar COVID-19 bilan kasallanish holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

– Toshkent shahrida 39 ta;

– Xorazm viloyatida 10 ta;

– Buxoro viloyatida 7 ta yangi holat.

Shuningdek, karantin markazidagi 14 nafar fuqaroda va 4 nafar xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Ayni paytga qadar mamlakatda 3996 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan bo‘lib, 1139 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Kecha, 14-iyun kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 5080 kishini tashkil qilgandi.