O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 5328 kishiga yetdi

  • 17:40 / 16.06.2020
  • 1159

Bugun, 16-iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 65 nafarga oshib, 5328 kishini tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytga qadar COVID-19 bilan kasallanish holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

– Toshkent shahrida 28 ta;

– Toshkent viloyatida 2 ta;

– Samarqand viloyatida 2 ta yangi holat.

Shuningdek, karantin markazidagi 33 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Ayni paytga qadar mamlakatda 4019 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan bo‘lib, 1290 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Kecha, 15-iyun kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 5263 kishini tashkil qilgandi.