O‘zbekistonda yer silkinishi sezildi

  • 18:00 / 09.10.2019
  • 57

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 2019-yil 9-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 15:44da Afg‘onistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Koordinatalar 36,66 gradus shimoliy kenglik, 70,50 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,5. Chuqurlik h=190 km. 

Toshkentgacha masofa 524 km janubiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

Toshkent: 524 km; 2 ball
Namangan: 493 km; 2 ball
Andijon: 485 km; 2 ball
Farg‘ona: 429 km; 2 ball
Guliston: 451 km; 2 ball
Jizzax: 449 km; 2 ball
Samarqand: 455 km; 2 ball
Termiz: 293 km; 2-3 ball
Qarshi: 481 km; 2 ball.