O‘zbekistonda zilzila kuzatildi

  • 14:34 / 29.01.2020
  • 1835

Bugun, 29-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:10’da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila Tojikiston – Afg‘oniston chegarasida sodir bo‘ldi. Koordinatalar 38,40 gradus shimoliy kenglik, 70,75 gradus sharqiy uzunlikni tashkil qiladi. Magnituda M=5,3. Chuqurlik h=60 km. Toshkentgacha masofa 344 km janubiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Toshkent: 344 km; 2 ball
Namangan: 299 km; 2 ball
Andijon: 298 km; 2 ball
Farg‘ona: 238 km; 3 ball
Guliston: 287 km; 2 ball
Jizzax: 315 km; 2 ball
Samarqand: 356 km; 2 ball
Termiz: 332 km; 2 ball
Qarshi: 434 km; 2 ball
Eslatib o‘tamiz, 24-yanvar kuni ham Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila sabab O‘zbekistonda ham yer silkinishlari qayd etilgan edi.