O‘zbekistondan tashqari. Germaniya Markaziy Osiyoga moliyaviy yordamni qisqartirmoqda

  • 09:10 / 05.06.2020
  • 1145

Germaniya tashqi siyosatida ko‘plab hamkor davlatlar bilan tuzilgan qo‘shma loyihalarni o‘zgartirmoqchi. Bu haqda DW xabar berdi.
Iqtisodiy hamkorlik federal vazirligi shu maqsadda yirik islohot o‘tkazmoqda. Hamkor davlatlar soni 85 tadan 60 tagacha kamaytiriladi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida ikki tomonlama hamkorlik faqatgina O‘zbekiston bilan amalga oshiriladi.
“So‘nggi uch yilda olib borilgan islohotlar natijasi ijobiy o‘sishga erishdik, hamkorligimizni mustahkamladik” deyiladi vazirlik bergan bayonotda. 2019-yilda vazirlik rasmiy Toshkent bilan sog‘liqni saqlash, kichik va o‘rta biznesni, shuningdek professional ta’lim berish sohasida yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olgandi.
Qirg‘iziston va Tojikiston bilan Iqtisodiy hamkorlik federal vazirligi ishtirokida oldin boshlangan loyihalar yakuniga yetkaziladi