O‘zbekistonga totalizator qaytishi mumkin 

  • 16:37 / 14.11.2019
  • 1153

O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portali regulation.gov.uz saytida O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi. 

Unda mamlakatda totalizator (bukmekerlik)ga ruxsat berilishi nazarda tutilgan. Shungdek, O‘zbekiston Superligasida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) paydo bo‘lishi mumkin. 

Jumladan, loyihada 2021-yil 1-yanvardan boshlab xalqaro tajribadan kelib chiqib, O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, Superliga jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR tizimini joriy etish taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari, A Pro-liga va B Pro-ligada ishtirok etuvchi klublar ta’sischiligida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tuzilmalar ishtirokini to‘liq cheklash ham taklif etilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, totalizator O‘zbekistonda avval ham mavjud bo‘lgan, ammo 2007-yilda bunga chek qo‘yilgandi