O‘zbekistoning ayrim hududlarida zilzila ro‘y berdi

  • 21:50 / 14.05.2020
  • 328

Bugun, 14-may kuni Toshkent vaqti bilan 21:16 da O‘zbekistonda zilzila sodir boldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Koordinatalar 41,26 gradus shimoliy kenglik, 71,57 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik h=14 km. Toshkentgacha masofa 197 km sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:
Toshkent: 197 km, 2 ball.
Namangan: 30 km, 5 ball.
Andijon: 84 km, 3 ball.
Farg‘ona: 99 km, 3 ball.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagan.
Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, deyiladi xabarda

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 17-aprel kuni ham zilzila qayd etilgandi.