OAV: Nigeriyada Boko Haram jangarilari hujumi paytida oʻnta askar halok boʻldi

  • 18:11 / 07.11.2019
  • 42

Nigeriya shimoli-sharqidagi harbiy karvonga jangarilarning hujumi oqibatida oʻnta nigeriyalik askar halok boʻldi va 9 kishi jiddiy jarohat oldi, deya xabar beradi France Presse harbiy manbalarga tayanib.

Hujum chorshanba kuni Damboa hududida (Borno shtati) harbiy karvon bazaga qaytib kelganida yuz bergan. Agentlikka koʻra, hujum ortida “Boko Haram” terroristik guruhi turgan boʻlishi mumkin.

“Biz harbiylarimizga pistirma bergan terrorchilarga qarshi ayovsiz janglarda oʻn kishidan ayrildik“, - dedi hujumga uchragan zobitlardan biri. 

Xabarga ko'ra, yana 12 askar bedarak yoʻqolgan.

Teglar