OAV: Samvel Babayan faoliyatini Xitoyda davom ettiradi

  • 17:00 / 30.11.2019
  • 291

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Xitoy klubi bilan shrtnoma imzolashi mumkin, deb xabar tarqatdi tribuna nashri. 

“48 yoshli futbol mutaxassisi Xitoyning “Changchung Yatay” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Superliga 26-turidan o‘rin olgan “Paxtakor”ga qarshi bahs Babayan uchun “Lokomotiv” bosh murabbiyligidagi so‘nggi o‘yin bo‘ladi” deyiladi xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, Babayan murabbiy sifatida “Paxtakor”, “Spartak Yurmala” klublarida va O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarida faoliyat olib borgan. 

Teglar