Og‘iz bo‘shlig‘idagi yaralar jiddiy kasallikdan dalolatmi?

  • 11:34 / 07.09.2019
  • 707

Onkologlar bosh va bo'yin saratoni belgilarini aniqladilar. Bu haqda Medicforum xabar bermoqda.

Qayd etilganidek, ko'pincha bosh va bo'yindagi saraton og'iz va burun bo'shlig'idagi xastaliklar oqibatida paydo bo'ladi.

Bundan tashqari, erkaklarning chekish va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish jarayonida saraton rivojlanishi ehtimoli ko'proq.

Belgilarga kelsak, og'izdan yomon hid kelishi, shuningdek, shilliq qavatdagi yaralar va keratinlashtirilgan konus shaklidagi o'smalarning paydo bo'lishi saraton rivojlanayotganini ko'rsatishi mumkin.

Bundan tashqari, doimiy ravishda tomoqdagi og'riq va qonli ajralmalar saraton kasalligining mavjudligini ko'rsatishi mumkin.

Teglar