Olimlar cho‘kmaydigan metall ixtiro qilishdi

  • 17:19 / 07.11.2019
  • 412

Olimlar anchadan buyon suvda cho‘kmaydigan metall ixtiro qilish ustida bosh qotirayotgandi. Oxirgi sinov paytida metall zararlansa ham cho‘kmasligi kerak, deb umid qilishgandi. Biroq, uzoq vaqt suvda qolib ketgan metall yangi xususiyatini yo‘qotib, suv ostiga yo‘l oldi.  
 
Bundan kayfiyati tushib ketgan mutaxassislar muammolariga yechimni tabiatning o‘zidan qidira boshladi. Kunlarning birida chumoli hamda o‘rgimchaklarning suvda cho‘kmaslik “qobiliyat”lari  ularning e’tiborini tortdi. Ularni kuzata turib, yangi g‘oyaga qo‘l urishdi. Kuchli lazer yordamida metall plastinkaga o‘ziga havo yig‘ib cho‘kmaydigan yuza hosil qiluvchi maxsus naqsh o‘yishdi. Xuddi ana shu ixtiro metallni mutlaqo cho‘kmaydigan holatga olib keldi. 

Mazkur texnologiya juda oddiy. Uni sanoat ishlab chiqarishida ham qo‘llash mumkin. U suv osti ishlarida hosil bo‘ladigan murakkabliklarni oson hal qila oladi, deyiladi actualnews.org xabarida.