Olimlar odam bir vaqtning o‘zida nechta ish qilishi mumkinligini aniqlashdi 

  • 20:01 / 02.12.2019
  • 72

Ko‘pincha, progressiv fikrlaydigan rahbarlar qaysarlik qilib, o‘zlarini bir qator vazifalarni qila oladigan super qahramon deb o‘ylashadi. Biroq AQShning Oregon universitetida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, hatto, eng yuqori energiyali odamlar ham bir vaqtning o‘zida 4 tadan ortiq ishni qila olmas ekanlar.

Bunday chegara tabiatan belgilab qo‘yilgan bo‘lib, olimlar vaziyatni ixtiyoriy harakatlar yoki mashaqqatli mashg‘ulotlar bilan tuzatish mumkin emas, deb hisoblashadi.

Shuningdek, mutaxassislar qisqa muddatli xotira va aql darajasi o‘rtasida kuchli bog‘liqlik mavjudligini aniqladilar. Masalan, IQ ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganlar bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni bajarishi mumkin, ammo ana shunday vaqtda ular stress testidan o‘tkazilsa, samarasiz ishlayotganliklari ma’lum bo‘ladi. Gap shundaki, ulardagi xotira imkoniyatlarining kengligi diqqatni jamlashga va ishni to‘liq bajarishga xalaqit beradi. Bunday odamlar ko‘p fikrlashga va ko‘p tahlillar qilishga moyil bo‘lishadi, ammo amalda bunday fikrlarning natijasi kamdan-kam hollarda yuqori natijaga erishishga yordam beradi.
Ushbu yo‘nalishdagi ilmiy ishlar AQSh Milliy ilmiy jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirildi.

Teglar