Olimlar tishlarni qayta o‘stirish usulini topishdi

  • 08:28 / 12.08.2019
  • 1576

Olimlar evolyutsiya davrida odamlarda uzilib qolgan regulyatorlarni topdilar. Bu kashfiyot tishlarning ildizlarini va ehtimol, butun tishni o‘sishiga yordam berishi mumkin.

Olimlar tishlarni qayta o‘stirish usulini topdilar. Janubiy Kaliforniya universiteti olimlarining aniqlashicha, epigenetik sozlash ildiz o‘sishiga ta'sir qilishi mumkin ekan. Epigenetik o‘zgarishlar – bu nasldan o‘tadigan, ammo DNK ketma-ketligiga ta'sir qilmaydigan tanadagi o‘zgarishlardir.

Bu safar kashfiyot neandertallarning tishlarini o‘rganish davomida amalga oshirildi. Ma'lum bo‘lishicha, ularning tish ildizlari o‘zagi uzun bo‘lgan va zamonaviy odamlarnikiga qaraganda kechroq yemirilib borgan. Tadqiqotchilar buning sababi bir qator genlarni “yoqadigan” yoki “o‘chiradigan” oqsillarda ekanligini taxmin qilishmoqda.

Nazariya sichqonlarda sinash orqali tasdiqlandi: agar kemiruvchilarda Ezh2 oqsil va Arid1 oqsillari bir muvozanatda bo‘lsa, unda tishlar sog‘lom o‘sadi va bosh suyagiga to‘g‘ri birlashadi. Endi olimlar koronka kiydirishga imkoniyat yaratish uchun, inson tishining ildizini majburan regeneratsiya qilishga harakat qilb ko‘radilar. Agar bu muvaffaqiyatli bo‘lsa – ular tabiiy tishni o‘stirishga harakat qilishadi.

Tishlarni tiklash ustida rossiyalik olimlar ham ish olib borishmoqda: 2019-yil iyul oyida Uzoq Sharq universiteti olimlari probirkada o‘zak tomir hujayralaridan tishlarni o‘stirishdi. Hozircha ularni faqat sichqonlarga ko‘chirib o‘tkazishgan, xolos.