Olimlar uyqusizlikning xavfliligini ma'lum qilishdi

  • 16:54 / 07.11.2019
  • 494

Berkli shahridagi Kaliforniya universitetining bir guruh tadqiqotchilari yomon uyquning zarari haqida fikr bildirishdi. Bu haqida Nature Human Behaviori xabar bermoqda.

Tadqiqotga koʻra, odamda chuqur uyquning yoʻqligi uning stress va xavotirga qarshi turishiga taʼsir qiladi.

18 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan 330 dan ortiq koʻngilli ishtirok etgan tajriba davomida ularga laboratoriyada ikki kecha muhlat berilgan. Ulardan biri vaqtini uyqusiz, boshqasi normal uxlash vaqti bilan oʻtkazishlariga toʻgʻri keldi. Keyin esa ularga jirkanch va tashvish tugʻdiradigan videolarni koʻrish taklif qilindi.

Tadqiqotda miya yarim korteksidagi nosozliklar aniqlandi, bu esa bezovtalikning namoyon boʻlishi uchun javob beradi va 30 foiz uxlash rejimining yoʻqligi stress darajasini oshiradi.