Olimlarni hayratda qoldirgan suzuvchi orol

  • 12:38 / 27.11.2019
  • 227

Suzib yuruvchi orolga ega mukammal yumaloq ko‘l olimlarni hayratda qoldiradi.
Argentina botqoqlaridagi sirli obyekt dastlab Google Maps’da topilgan.
Ulkan suzuvchi orol ko‘lda joylashgan va suv ombori yuzasining 4/5 qismini egallaydi. Ko‘l mukammal tekis qirg‘oqlarga ega bo‘lib, ular aniq belgilangan doirani tashkil qiladi. Orol ham ko‘l singari yumaloq shaklda va doimo qirg‘oq bo‘ylab harakatlanadi. U ko‘lda aks etgan yarim oy shakliga o‘xshaydi.

main

Topilma Amerika gidrotexnika muhandisi Richard Petroniga tegishli. U darhol hamkasblari Serjio Nespilerm va Pablo Martinesga xabar bergan. Shundan so‘ng uchalasi ham sirli joyni kashf qilish uchun ekspeditsiyaga borishgan.

Hozir har qanday kishi g‘ayrioddiy orolni ko‘rishi mumkin. Buning uchun Google xaritaga kirib, 34°15’07.8”S hamda 58°49’47.4”W koordinatalarini kiritasiz va sun’iy yo‘ldosh rejimiga o‘tasiz.

Orolning o‘zi Argentinada, botqoqli Parana daryosining deltasida joylashgan. Orol haddan tashqari botqoq bo‘lganligi sababli avvaliga Richard va uning hamkasblari orolga yetib bora olishmadi. Ammo vertolyotdagi ikkinchi urinishda olimlar nihoyat g‘ayrioddiy joyni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldilar.

Orol Eye (Ko‘z) deb nomlandi. Uning diametri 118 metr bo‘lib, suv yuzasida biroz kattaroq ko‘rinadi. Ma’lum bo‘lishicha, mahalliy aholi orolning mavjudligi haqida uzoq vaqtdan beri bilishadi, ammo ular bu yerda qadimgi xudo yashaydi deb ishonganlari sababli, unga yaqinlashish xavfli deb o‘ylaydilar.

Google xarita arxivini o‘rganib chiqqach, Richard Petroni orol 2003-yilda, xizmat ishga tushirilgan paytda allaqachon mavjud degan xulosaga keldi. Turli vaqt oralig‘idagi sun’iy yo‘ldosh rasmlari orolning o‘z o‘qi atrofida aylanishini va pozitsiyasini o‘zgartirganligini ko‘rsatadi. Ayni paytda Richard maxsus geologik jihozlar bilan qurollangan Ko‘zni o‘rganish uchun ekspeditsiyalarni amalga oshirmoqda.

Ufologlarning aytishicha, tadqiqotlarsiz ham kosmik kemalarning suv osti bazasiga yashirin kirishini aniqlash mumkin.

“Biz suv juda sovuq ekanligini his qildik, bu holat hudud uchun g‘ayrioddiy. Atrofdagi botqoqlardan farqli o‘laroq, pastki qismi qattiq. Ko‘lning markazidagi orol esa harakatlanmoqda. Nima uchunligini bilmaymiz-u, lekin u suzmoqda”, – deydi ekspeditsiya guruhining direktori.

Ko‘lning barcha sirlarini ochish uchun ilmiy ekspeditsiya tarkibidagi geologlar, biologlar, ufologlar va suv, tuproq, o‘simliklarni tahlil qiluvchi olimlar bu yerga yana tashrif buyurishga qaror qilishgan. Bundan tashqari, jamoa mahalliy aholi tomonidan bu joy haqida aytilgan g‘ayritabiiy voqealar asosida film suratga olishni rejalashtirmoqda.

Insoniyat tarixi ming yildan ko‘proq vaqtga baholanadi, ammo olimlar hali ham ko‘plab savollarga javob topa olmaydilar. Arxeologik qazishmalar davomida topilgan artefaktlar mutaxassislarning taxmin qilishicha, haqiqatni anglash uchun yanada qiziqarliroq bo‘ladi.

Argentina Ko‘zlari botqoqlikda bo‘lsa ham, lekin daryo deltasida joylashgan. To‘satdan u oqim tubida qandaydir bir sirni hosil qiladi? Ehtimol muzli dumaloq orollar va Ko‘z sirli kuchlar tufayli paydo bo‘lgan. Ularni ingliz doiralari ham deyishadi.

Argentinadagi sirli orolga navbatdagi ekspeditsiya buni aniqlashga yordam beradi, deb umid qilamiz.