Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha yangi reja ishlab chiqiladi

  • 16:45 / 10.06.2020
  • 522

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi sentabr oyida 2020-yilgi Tokio o‘yinlarini o‘tkazish uchun yangi reja ishlab chiqishini ma'lum qildi. Koronavirus pandemiyasi sabab o‘yinlarni bir yil kechiktirilishi aytilgan edi.
Tokio Olimpiadasi kelasi yilning iyul oyida ochilishi rejalashtirilgan.  Bu kechiktirish bir necha milliard dollarga tushishi taxmin qilinmoqda. Tashkiliy masalalalar, xarajatlar qaytadan ko‘rib chiqiladi, iloji boricha qisqartiriladi.  Qo‘mita endi xalqaro sport federatsiyalari bilan koronavirus infektsiyasining oldini olish va xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha choralarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda va sentabr oyida yakuniy rejani ishlab chiqiladi. Har bir federatsiya tomoshabinlarning soni va sportchilar uchun sharoitlar kabi masalalarni ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi. 
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining Tokio o‘yinlari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiyasi rahbari Jon Koutes oktabr oyi keyinga qoldirilgan o‘yinlarning o‘tkazilishi masalasini hal qilish uchun o‘ta muhim davr bo‘lishini aytdi.