Olma jigarrang tusga kirishining sababi aslida temir moddasi emas 

  • 08:53 / 12.08.2019
  • 960

Ma’lumki, maydalangan olma bo‘laklari biroz muddatdan keyin jiggarang tusga kirib qoladi. Nega aynan shunday degan savol hammaga qiziq.
 
Ko‘pchilikning fikricha, temir moddasi tufayli mevaning tusi o‘zgaradi. Lekin bu ma’lumot  fanda o’z tasdiqini topmagan. Qizig‘i shundaki, olmaning rangini o‘z holiga qaytarish mumkin. 

O‘rtacha 100 gr olmada 1–2 milligramm temir moddasi mavjud bo‘lib, u mahsulotning rangini o’zgartirish uchun kamlik qiladi. Shu sababdan, temir moddasi yetishmovchiligining yechimini olmadan qidirib ovora bo‘lmang vaqtingiz behuda ketadi xolos.

Olmada antioksidant guruhiga mansub bo’lgan o‘nlab moddalar bisyor, ular polifenollar deb ataladi. Shu moddalar olma yuzasida joylashganligi sababli olma kesilganda oksidlanadi.Butun olma bo’laklarga bo’linganda, kislorod uning tarkibiga kiradi-da, bo‘lak “ zang” lay boshlaydi.

Shuning uchun olma o‘zini atrofdagi zararkunandalarga qarshi himoya qila oladi. Masalan:olmani biron quch cho‘qisa, uning tarkibidagi modda ,mevaning bolshirinini yuz foiz mikrobdan himoya qiladi. 

Qanday qilib olmaning sifatini saqlab qolish mumkin

Olmaning rangini saqlab qolishga limon sharbati ko‘mak beradi. Bu usulni qo‘llasangiz, dasturxoningiz bezagi bo‘lmish desert va san’at asarlarining sifatini saqlab qolgan bo‘lasiz. Natijada ular soatlab o’z rangi va chiroyini yo‘qotmaydi. 

Olma mevasi C vitaminining manbayi  hisoblanadi. Yangi uzilgan olmani bir-necha kun uy haroratida  qanday saqlashni bilasizmi? Buning yo‘li oson agar uni muzlatgichda saqlasangiz, bir haftadan ortiq muddat o‘z sifatini yoqotmaydi. Mevalarni iste’mol qilishdan avval uni albatta tozalab yuving.

Eslatib o‘tamiz:

 Olma mevasini nonushtada iste’mol qilinsa, u insonga ko‘rk va chiroy bag‘ishlaydi. 

Kechasi uxlashdan oldin yeyilsa, miyani keraksiz ma’lumotlardan tozalab, uyquni tiniq qiladi.

Ayniqsa, ortiqcha vazndan halos  bo‘lish uchun ko‘k olma juda asqotadi.