Onlayn auksion orqali 3,1 milliard so‘mlik 680 ta avtomobil raqamlari sotildi – Birja

  • 17:19 / 27.01.2020
  • 252

2020-yilning 20-26-yanvarlarida “O‘zRTXB” AJ da 1 034,6 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 8 foizga ko‘pdir. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 15 foizga o‘sib, 435,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi 842,7 mlrd. so‘mdan 927,0 mlrd. so‘mgacha oshdi. Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati 3,6 ming AQSh dollarni tashkil etdi. Eksport tarkibida suyultirilgan gazning ulushi 45 foiz, paxta tolasi 21 foiz, polietilen mahsulotlari 17 foiz va boshqa mahsulotlarning ulushi 17 foizni egallashdi.
Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 51,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Kichik biznes sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 28 foizga o‘sib 14,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan haftada davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz maxsus axborot portalida tuzilgan bitimlarning hajmi 53,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 43 foizga o‘sdi. Byudjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘ini tejalishi 13,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 680 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 16,8 foiz birinchi toifadagi avtoraqamlarga 49,1 foiz ikkinchi va 34,1 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.