Ota-onalarning bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan 12 ta iborasi. Har bir ota-ona farzandi uchun bularni bilishi shart 

  • 17:17 / 08.10.2019
  • 1733

Ko‘pchilik ota-onalar bolalari jahlini chiqarganida ularni nima deb urishayotgani haqida o‘ylab ham ko‘rmaydi. Aksariyat ota-onalarning doimiy iborasiga aylanib qolgan ba’zi jumlalar bolalarga salbiy ta’sir qiladi. Bola ham ruhan, ham jismonan eziladi. Bu esa, ularning kelajagiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Biz ota-onalarning salbiy iboralarini bolalar qay tarzda tushinishi va ular qanday oqibatlarga olib kelishini eslatib o‘tmoqchimiz. Ularni o‘qib siz ham farzandigizga qanday tanbeh berishingizni qayta ko‘rib chiqishingizga ishonamiz

1. “Bu ishingni dadangga aytib beraman”.

Bolalar buni qanday tushunadi: “Dadam va oyim bitta jamoa va ular menga qarshi birlashib olishgan”. 

Oqibatlari: Yolg‘izlik va eng yaqin odamlariga nisbatan ishonchsizlik kuchayadi.


2. “Bu uyda hamma narsa bizning pulimizga olingan, bu yerdagi hech narsa seniki emas”.

Bolalar buni qanday tushunadi: “Mening sevimli o‘yinchog‘im meniki emas, har qanday vaqtda uni olib qo‘yishlari mumkin”.

Natijalar: Bola moddiy buyumlarni hayotdagi eng muhim narsa deb hisoblay boshlaydi. 


3. “Agar sen shunday yo‘l tutadigan bo‘lsang, men o‘lib qolaman”.

Bolalar buni qanday tushunadi: “Agar ota-onamga nimadir bo‘lsa, bunga faqat men aybdor bo‘laman”

Oqibati: bola o‘z qobiliyatlarini past baholay boshlaydi.


4. “Kim shunday yuradi? Bunaqada ertaga kim seni oladi?”.

Bolalar buni qanday tushunadi: “Men hech kimga kerak emasman”.

Oqibati: bolada o‘z kuchiga ishonmaslik va yolg‘izlik hissi rivojlana boshlaydi. 


5. “Sen hali kichkinasan. Menga ber, men qilib beraman”.

Bolalar buni qanday tushunadi: “Men kichikinaman, shuning uchun ham biror narsa qilishga harakat qilib ham ko‘rmayman, chunki baribir o‘xshamaydi”. 

Natijalar: bolada mustaqil ish qilish ko‘nikmalari shakllanmay qoladi. 


6. “Kundaligingda nima uchun 5 emas 4 baho ko‘p?”.

Bolalar buni shunday tushunadi: “Men ota-onamning talablariga mos kelmayman, men yomon bolaman”.

Natija: bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi so‘nadi.


7. “Yaxshi bo‘lishni istamaysanmi?”.

Bola buni shunday tushunadi: “Ota-onalar kuchliroq va ularning fikri muhimroqdir”.

Natija: bola o‘z fikrini himoya qila olmay qoladi.


8. “Nima deb o‘ylashingni menga farqi yo‘q”.

Bola buni shunday tushunadi: “Hech kim mening fikrimga ahamiyat bermaydi”.

Oqibatlar: o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun iroda va qobiliyat yetishmasligi yuzaga keladi.


9. “Bo‘lmag‘ur narsalarni o‘ylab topma”.

Bola buni shunday tushunadi: “Hech kim menga ishonmaydi va muammolarim hech kimni qiziqtirmaydi”.

Natija: bola o‘z his-tuyg‘ularini yashira boshlaydi.


10. “Meni sharmanda qilma”.

Bolaning fikri: “Men yomonman”.

Natijada: O‘ziga o‘ta past baho berib. Kelajagidan shubhalana boshlaydi.


11. “Ovqat yemaguningcha o‘ynamaysan”.

Bolaning tushunishi: “Xizmat uchun xizmat”.

Oqibatlar: Natijada ota-ona va bola munosabatlari bozorga aylanadi: o‘yinchoqlaringni yig‘ishtirib qo‘ysang, shokolad beraman. Chiqindini tashlab kelsang, kompyuterda ikki soat o‘ynashga ruxsat beraman.


12. “Ovozingni o‘chir”.

Изображения в статье из поиска Яндекс

Bolaning tushinishicha: “Men seni yomon ko‘raman”.

Natija: har qanday odamga, ayniqsa, ota-onalarga hurmat yo‘qola boshlaydi.