Ozarbayjon Bosh vaziri iste’foga chiqishga qaror qildi

  • 17:06 / 08.10.2019
  • 133

Ozarbayjon Bosh vaziri Navro‘z Memmedov Prezident Ilhom Aliyevga iste’foga chiqish uchun murojaat qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Bu haqidagi ma’lumotni Ozarbayjon parlamenti spikeri Oqtay Asadov tasdiqladi.

Hukumatdagi manbaga ko‘ra, Memmedov nafaqaga chiqqanligi sababli iste’foga chiqish haqida ariza yozgan.

Teglar