Pandemiyada hamma krizisga uchragan vaqtda bu dizayner bir yarim million dollar ishlab oldi

  • 02:24 / 24.05.2020
  • 554

2020-yil bahor oyining o‘zida rossiyalik dizayner Dmitriy Shishkin tibbiy niqob va himoya kostyumi sotuvidan bir yarim million dollarga yaqin pul ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi.
Modelyerning so‘zlariga ko‘ra, uning sport kiyimlarini tikishga mo‘ljallangan fabrikasi himoya qiyimlarini tikishga o‘tishi orqali krizisdan qutulib qolgan. Dmitriyning aytishicha, himoya kiyimlari va niqoblarning bunchalik ko‘p sotilishi fabrikaga daromad keltirmagan. Negaki, ularning bari fabrikaning ehtiyoji uchun ishlatilib yuborilgan.
“Hozirda aynan mana shu narsa bizni zarar ko‘rishdan saqlab turibdi. Biz foyda ham, zarar ham ko‘rmayapmiz”, deydi Shishkinning o‘zi.
Himoya mahsulotlarining yaxshi sotilishi sabab fabrikada 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Hozirda Dmitriyning fabrikasi shaxsiy buyurtmalarni bajarish bilan mashg‘ul va keyinchalik himoya kiyimi va niqoblarni butun dunyo kasalxonalariga yetkazishni rejalab turibdi.