Paradzyudo yulduzlari «Humo Arena»da bellashadi

  • 16:50 / 10.09.2019
  • 66

Joril yilning 23-24-sentyabr kunlari poytaxtimizdagi sport majmualaridan biri «Humo Arena»da paradzyudo bo‘yicha IBSA Gran-prisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa Tokio-2020 yozgi paralimpiada o‘yinlari uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etadi. Shu sababli joriy yilgi turnir bahslarini har qachongidanda ko‘tarinki ruhda tashkil etish maqsadida bellashuvlarni ko‘p tarmoqli «Humo Arena» muz saroyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

22-sentyabr kuni Ramada mehmonxonasida sportchilarning rasmiy vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning ochilish marosimi esa 23-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Turnirda erkaklar 7 ta vazn toifasida, ayollar esa 6 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib boradilar.

G‘oliblar reyting ochkolari va medallar bilan bir qatorda diplom va pul mukofatlari bilan taqdirlanadilar.

1-o‘rin sohibi: 1,000 AQSh dollari
2-o‘rin sohibi: 500 AQSh dollari
3-o‘rin sohibi: 300 AQSh dollari
 
Musobaqa taqvimi

22-sentyabr 2019. 
Rasmiy vazn o‘lchash marosimi (Ramada mehmonxonasi)
 
23-sentyabr 2019
Erkaklar: -60 kg,-66 kg, 73 kg
Ayollar:  -48 kg,- 52 kg, 57 kg
 
24-sentyabr 2019
Erkaklar: -81 kg, -90 kg, -100 kg, +100 kg
Ayollar:  -63 kg, -70 kg, +70kg