Pekinda ikki qismli osmono‘par bino qurildi

  • 17:59 / 02.12.2019
  • 976

Yaqinda ekologik toza tizimli va mexanizmlari bilan hayratga soladigan navbatdagi “aqlli” osmono‘par binoning qurilishi yakunlandi. Leeza SOHO Tower deb nomlangan bino Pekinda bunyod etildi va Xitoy poytaxtining faxriga aylandi. Quyida ko‘p qavatli bino nima maqsadda qurilganligi va nima uchun u LEED oltin sertifikati – nufuzli xalqaro ekologik muvofiqlik sertifikatini olganligi haqida ma’lumot beramiz.

В Пекине построили винтовой эконебоскреб, который разделен на две половины

Ehtimol, g‘ayrioddiy osmono‘par bino haqida gap boshlaganda, eng avvalo, uning shakli ko‘z oldimizga keladi. Bino o‘rtasi bo‘shliqqa ega, ya’ni uning ikkala yarmini bir-biriga bog‘laydigan qurilma o‘ziga xos shakl beradi. Ammo, atriumning mavjudligi shunchaki me’morning tasavvuriga ko‘ra emas, balki osmono‘par binoning o‘ziga xos joylashishiga bog‘liq edi. Gap shundaki, Leeza SOHO minorasining yerosti qismida Pekin metro liniyasi mavjud. Bo‘lajak binoning poydevori yerosti kommunal xizmatlariga bog‘lanmasligi uchun uni ikki qismga bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Shunday qilib, 194,5 metr balandlikdagi atrium g‘oyasi dunyodagi eng baland bo‘lgan Burj Al-Arab mehmonxonasining rekordini o‘rnatdi.

В Пекине построили винтовой эконебоскреб, который разделен на две половины

Tashqi tomondan qaraganda, ikkala yarmi ham qobiq bilan birlashtirilgan, shuning uchun bino mustaqil ikkita qismga bo‘lingan deb bo‘lmaydi. Binoning har ikkala yarmi yuqoriga ko‘tarilganda 45 gradusga burilib, osmono‘par binoning yuqori qismidagi derazalarni chiroyli ko‘rinishini ta’minlaydi.

В Пекине построили винтовой эконебоскреб, который разделен на две половины

Albatta, Leeza SOHO Tower’ning yaratuvchilari nafaqat o‘ziga xos yechim, balki binoning ekologik tarkibiy qismiga ham e’tibor bergan. Aqlli tizimlarning butun to‘plami binoning ishlashi uchun elektr va suv narxini minimallashtirishga imkon beradi. Masalan, havodan issiqlikni qaytarish jarayoni va ifloslantiruvchi moddalarning eng kichik zarralarini ushlaydigan yuqori texnologiyali filtrlash tizimlari o‘rnatilgan. Bino quyosh panellari va suvni tejaydigan asboblar bilan, shuningdek, yomg‘ir suvini yig‘ish tizimi bilan jihozlangan. Chunki keyinchalik undan bino yaqinidagi maydonlarni sug‘orishda ishlatilishi ko‘zda tutilgan. Ichki bezatish elementlarida keyinchalik qayta ishlash mumkin bo‘lgan materiallardan foydalanilgan. Leeza SOHO Tower quruvchilar tomonidan juda ehtiyotkorlik bilan yondashilganligi va ekologik jihatdan toza qurilganligi uchun nufuzli xalqaro sertifikatga sazovor bo‘ldi.

В Пекине построили винтовой эконебоскреб, который разделен на две половины