Persona non-grata: Moskva chexiyalik ikkita diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi

  • 18:38 / 15.06.2020
  • 537

Rossiya tashqi ishlar vazirligi Chexiyaning Moskvadagi 2 nafar diplomatini “persona non-grata” (istalmagan shaxs) deb e’lon qildi. Ulardan 2 kun ichida mamlakatdan chiqib ketish so‘ralgan. 

Mazkur masala yuzasidan Chexiya elchisi Vitezslav Pinovka vazirlikka chaqirilgan va 17-iyun kuni ikki diplomatning Rossiyadan chiqib ketishi kerakligi bildirilgan.

Tashqi ishlar vazirligi bayonotida, diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror Chexiyaning provokatsion harakatlariga qarshi qabul qilinganligi ta'kidlandi. Bayonotda Chexiya hukumati ham ikki nafar rus diplomatini mamlakatdan haydab chiqargani eslatib o‘tilgan.

5-iyun kuni Chexiya Bosh vaziri Andrej Babis Chexiya – Rossiya munosabatlariga putur yetkazganligi sababli 2 nafar rus diplomatini  “persona non-grata” deb e’lon qilib, deportatsiya qilishga qaror qilganini e’lon qilgan edi. 

Undan avval esa diplomat pasportiga ega bo‘lgan rus agenti Chexiya rasmiylarini zaharlash uchun tayyorgarlik ko‘rgani da’vo qilingan edi. Rossiya tomonning keyingi harakatlari Chexiyaning qaltis munosabatiga javoban qo‘llanilayotgani aytilmoqda