Pike: “Murabbiy bo‘lmayman, menga biznes yoqadi”

  • 22:32 / 07.09.2019
  • 190

“Barselona” klubi himoyachisi Jerar Pike futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, murabbiy bo‘lib ishlashni xohlamayotganini aytdi.

“Murabbiy bo‘lmayman. Menga tadbirkorlik, biznes yoqadi. Murabbiylik faoliyatida yosh futbolchilar bilan ko‘p muloqot qilish kerak. Yo‘q, bu ish men uchun emas”, – deb Pike so‘zlarini keltirmoqda AS.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Pike jahon va Yevropa chempioni hisoblanadi. U 4 marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan. 

Qolaversa, Pike egalik qiladigan kompaniya tennis bo‘yicha Devis Kubogining tashkilotchilaridan biridir. Shuningdek, u Ispaniya chempionati to‘rtinchi divizionida o‘ynaydigan «Andorra» klubiga ham egalik qiladi.

Teglar