Pike Tokio Olimpiadasida qatnashmoqchi

  • 16:01 / 01.11.2019
  • 247

“Barselona” himoyachisi Jerar Pike 2020-yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida Ispaniya terma jamoasi tarkibida qatnashishini istisno qilmadi.

– “Buyog‘iga nima bo‘lishini hech qachon bilmaysiz. Hayotda hech nimani istisno qilib bo‘lmaydi. Men hayotimda hech nimani istisno qilmaganman, shunday ekan nega yo‘q? Men eshiklarni yopib qo‘yishni xohlamayman, ular doimo ochiq”, – deydi Pike.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiya o‘yinlarida qatnashuvchi terma jamoalar 23 yoshdan katta 3 nafar futbolchi bilan qatnashish huquqiga ega.

Tokiodadagi yozgi Olimpiya o‘yinlari 2020-yilning 24-iyulidan 9-avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi.